!!!Test rejiminde islenip atır!!!
Qoraqalpoq folklori bo‘limi haqida ma’lumot
Bo‘lim nomi: Qoraqalpoq folklori.
Bo‘lim boshlig‘i: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Kamalbay Sarsenbayevich Palimbetov.
Bo‘limning ilmiy salohiyati: Bo‘limda 5 katta ilmiy xodim (P.Oteniyazov, F.Maqsetova, A.Bekbergenova, A.Kalenderova, A.Jarimbetov), 6 tayanch doktorant (G.Qabilova, Sh.Yahiyayeva, G.Quralbayeva, F. Jiyemuratova, A.Sarsenbayeva, A.Yeshmuratova) faoliyat olib bormoqda.
Bo‘lim haqida qisqacha tarixiy ma’lumot: 1947-yili Qoraqalpoq kompleks ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan. So‘ngra 1959-yili O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston filiali tashkil etilgan. Filial tarkibida Folklor sektori faoliyat ko‘rsata boshlagan. Bu sektorga Q.Maqsetov rahbarlik qilgan. Bo‘lim 1959-yildan boshlab xalq og‘zaki ijodini o‘rganish bo‘yicha bir qancha ishlarni olib bordi. Uning natijalari qoraqalpoq folklorshunosligining rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bo‘limning ilmiy xodimlari 1959-yildan hozirgi kungacha respublika hududida va chet ellarga folklor ekspeditsiyalari tashkil etib, shu jarayon davomida bir qator xalq og‘zaki namunalarini, ijodlarini, boshqa qiziqarli materiallar to‘pladi. Bu materiallar Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi fundamental kutubxonasining qo‘lyozma fondining asosiy qismini tashkil etadi. Respublikamizda nashrdan chiqayotgan qoraqalpoq folklori namunalarining barchasi Qoraqalpoq folklori bo‘limi xodimlari tomonidan to‘plangan materiallar asosida nashrga tayyorlandi. 1977-1981-yillar oralig‘ida Qoraqalpoq folklori bo‘limi xodimlarining faolligi natijasida qoraqalpoq folklorining namunalarining 20 jildligi nashr etildi. 2007-2025-yillar oralig‘ida «Qoraqalpoq folklori» ko‘p jildligining 106 jildi nashr etildi va bu ishlar hali ham davom etmoqda. Qoraqalpoq folklori sektori (keyinchalik bo‘limi) malakali mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratdi. N.Davqarayev, Q.Ayimbetov, I.Sag‘itov, Q.Maqsetov, N.Japaqov, A.Karimov, A.Alimov, Q.Mambetnazarov, M.Nizamatdinov, N.Kamalov, S.Bahadirova, J.Xoshniyazov kabi olimlar qoraqalpoq folklorshunosligi bo‘yicha eng dastlabki ilmiy darajalarga, ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan ilm fidoyilari hisoblanadi.
Bo‘limning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
– Qoraqalpoq xalq nasri asarlarini to‘plash, nashrga tayyorlash va chop etish, ushbu asarlarni amaliy, ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish;
– Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarini to‘plash, nashrga tayyorlash va chop etish, ushbu asarlarni amaliy, ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish;
– Avvalgi va hozirgi qoraqalpoq jirov-baxshilarining repertuarlarini, asarlarini to‘plash, nashrga tayyorlash, ilmiy muomalaga kiritish;
– «Qoraqalpoq folklori» ko‘p jildligini asl nusxalariga mos nashrga tayyorlash va chop etish, shu asarlarni amaliy, ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish va h.k.
Bo‘limning xorij bilan aloqalari: Bugungi kunda bo‘lim xalqaro miqyosda ham aloqalarga ega. Qoraqalpoq folklori bo‘limi ilmiy xodimlari Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iz Respublikalari olimlari bilan yaqin hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Bo‘limda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar: Hozirgi vaqtda bo‘limda 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan «Qoraqalpoq xalq marosim folklori» mavzusida fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda.
Berilgan tadqiqot ishining asosiy vazifalari:
– Qoraqalpoq, o‘zbek va qozoq xalqlari urf-odatlarini, xalq og‘zaki ijodini o‘rganish;
– Shu xalqlarning beshik qo‘shig‘i (xayyiu) milliy to‘y, betashar, sinsiu, haujar qo‘shiqlarini, bolalar folklorini yig‘ish, shu mavzularga bog‘liq manbalarni yig‘ish, qiyoslab o‘rganish va h.k.
Bo‘limning ilmiy natijalari: Bo‘lim xodimlari «Qoraqalpoq folklori» ko‘p jildligining 106 jildini nashr etishga erishish bilan birga o‘zlarining mavzulari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi. J.Xoshniyazov, K.Palimbetov doktorlik (DSc), A.Bekimbetov, P.Oteniyazov, F.Maqsetova, A.Qalenderova, A.Bekbergenova, A.Jarimbetov (PhD) va boshqalar mavzulari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
2016-2022-yillarda bo‘limda quyidagi tematik ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi dasturi doirasida 2016-2019-yillarda bo‘lim xodimlari tomonidan «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini o‘rganish» mavzusida fundamental tadqiqot ishlari olib borildi. Loyiha rahbari Z. Bekbergenova. Inv.№ 187474.
2020-2022-yillarda bo‘lim xodimlari tomonidan «Qoraqalpoq nasriy folklori (janrlar tizimi, genezisi, obrazlar, syujet va motivlari poetikasi) » mavzusida fundamental tadqiqot ishlari olib borildi. Loyiha rahbari: J.Xoshniyazov. 198 b. Inv№189422.
Bo‘lim tomonidan tashkil etilgan konferensiyalar: 2024-2025-yillarda o‘tkazilgan konferensiyalar bo‘yicha keng ma’lumot. 2024-yildan pastki arxiv uchun qisqa ma’lumot berilishi kerak.
2021-yilda bo‘lim xodimlarining faolligi bilan «Ilmiy meros va hozirgi zamon: konsepsiyalar, nazariya va muammolar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi va maqolalar to‘plami chop etildi (O‘zR FA QB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti. – Nukus: Fan, 2021. – 94 b.).
2022-yil, noyabr oyida O‘zR FA QBda folklorshunos, filologiya fanlari doktori, yozuvchi, shoir Jalg‘asbay Xoshniyazov tavalludining 75-yilligiga bag‘ishlangan «Milliy ma’naviy meroslarimiz – ijodiy qobiliyatlarimiz manbalari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi (Milliy ma’naviy meroslarimiz – ijodiy qobiliyatlarimiz manbalari. – Nukus: Fan, 2022. – 194 b).
2025-yil, fevral oyida qoraqalpoq klassik, lirik shoiri Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 200-yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-nazariy, amaliy konferensiyasi o‘tkazildi (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti, № 4/r sonli 06.02.2024-yildagi buyrug‘i), Nukus shahri, 2024-yil.
2024-yil, noyabr oyida qoraqalpoq folklorshunosi, adabiyotshunos, professor S.Bahadirovaning 80-yillik yubileyiga bag‘ishlangan «Turkiy xalqlar folklori va adabiyotini o‘rganishning dolzarb masalalari: konsepsiyalar, nazariya va muammolar» mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti, № 4/r sonli 06.02.2024-yildagi buyrug‘i) Professor S.Bahadirovaning 80-yillik yubileyiga bag‘ishlangan mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallari.to‘plami. – Nukus: Nur Turon print, 2024. – 154 b.















