• Сайтқа кириў

QQGIIII Institut haqqında

QORAQALPOQ GUMANITAR FANLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

 

Tuzilgan yil: N.Davkarayev nomidagi Til va adabiyot instituti va Tarix, arxeologiya va etnografiya institutlarining biriktirilishi natijasida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.02.2012 sanasidagi 33-son qarori va О‘zbekiston Resublikasi Fanlar akademiyasining 09.02.2012-y. sanasidagi 5-21-son buyrug‘i asosida 2012-y. tashkil etildi.

Rekvizitlari: manzil: O‘zbekiston, 230100, Nukus sh., Amir Temur kо‘ch., 179-a;

tel.: +(998-61)-222-85-47;

e-mail:  kk_gumanitar@aknuk.uz

 

Direktor: BEKIMBETOV AZAMAT MIRZABAEVICH.

Xodimlar tarkibi: fan doktori – 10, fan nomzodi – 9, doktorantlar – 38, ilmiy xodim- 32, umumiy xodimlar – 69.

  1. QORAQALPOQ TILI, ADABIYOTI VA FOLKLOR

Tadqiqotning asosiy yо‘nalishlari:

– qoraqalpoq tilining tarixi va dialektologiyasi muammolarini tadqiq qilish;

– qoraqalpoq tili sо‘z yasalishi tizimini tadqiq qilish;

– hozirgi qoraqalpoq tili sintaktik tizimini semantik aspektda tadqiq qilish;

– qoraqalpoq folklori tarixini о‘rganish;

– qoraqalpoq adabiyotshunoslik fanining shakllanish va rivojlanish yо‘llarini tadqiq qilish;

– hozirgi qoraqalpoq adabiyoti janrlari va turlarini mustaqilliq mafkurasi nuqtai nazaridan o’rganish;

– institut ovoz yozish sdutiyasi fondida saqlanayotgan qoraqalpoq xalq musiqasi va dostonlari namunalarini tozalash va qayta tiklash, zamonaviy kompakt-disklarga kо‘chirish;

– yuqori ma’naviyatni shakllantirishning kuchli mexanizmi hisoblangan qoraqalpoq adabiyotini turli aspektlarda tadqiq qilish;

– mustaqillik davridagi qoraqalpoq prozasi va poeziyasini yagona milliy adabiyot jarayoni sifatida tadqiq qilish, bunda milliy о‘zlikni anglash muammosiga, uning badiiy matnlarda aks ettirilishiga e’tibor qaratish;

– qoraqalpoq mumtoz adabiyotidagi ma’naviy va estetik qadriyatlarni bugungi davr nuqtai nazaridan tadqiq qilish; qoraqalpoq mumtoz adabiyoti vakillarining asarlarini nashrga tayyorlash va chop etish;

– hozirgi qoraqalpoq adabiy tilini, uning genetik, hududiy, tizimli va funksional xususiyatlarini hisobga olgan holda о‘rganishning yangi uslublarini ishlab chiqish va joriy qilish. Tilshunoslikning fundamental va amaliy sohalari bо‘lmish – etnosotsiolingvistika, lingvistik madaniyatshunoslik, qiyosiy va tipologik lingvistika, lingvistik о‘lkashunoslik, toponimika bо‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish;

– qoraqalpoq tilining manbashunoslik bazasini tо‘ldirish, ilmiy, tarjimashunoslik va о‘qitish faoliyatidagi ehtiyojlarni qondirish maqsadida izohli, ikki tillik va kо‘p tillik lug‘atlarning leksikografik majmuini tuzish;

– folklor-etnografik fondni о‘rganib chiqish, ekspertizadan о‘tkazish, hujjatlashtirish, saqlash va qayta tiklash, ularning elektron nusxalarini tayyorlash (kartotekalar, fondlar, folklor-etnografik arxivlar, saytlar va h.);

– 100 jildlik «Qoraqalpoq folklori» tо‘plamining navbatdagi jildlarini nashr qilish ishlarini davom ettirish.

Fundamental tadqiqotning muxim natijalari

– Qoraqalpoq tili tarixi bо‘yicha «XVIII-XIX va XX asr boshlaridagi qoraqalpoqlarning rasmiy hujjatlarining tasnifi» qismi tayyorlandi;

– lingvistik semantika tarixi va qoraqalpoq tilidagi qо‘shma gaplarning semantik tuzilishini tadqiq qilish masalalari bо‘yicha tegishli ilmiy adabiyotlar sharxini tayyorlandi;

– qо‘lyozmalar fondida saqlanayotgan qoraqalpoq dostonlariga sharhlar yozildi, matnlarga tushuntirishlar va dostonlarning pasport ma’lumotlari, nota va foto materiallar tayyorlandi, hamma variantlar bо‘yicha tekstologik ishlar amalga oshirildi;

– qoraqalpoq adabiyotining lirik janri (epigrammalar, parodiyalar, sharxlar va yumoristik she’rlar), shuningdek, dramatik janrlar – tragikomediya, tarixiy drama, fantastik drama, dramatik tragediya, zamonaviy dostonlar о‘rganildi va tahlil qilindi, ularning о‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi;

– qoraqalpoq mumtoz adabiyotida obrazlarni ochib berishda psixologizm masalalari о‘rganildi;

– qoraqalpoq adabiyotshunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tо‘g‘risida tegishli materiallar tadqiq qilindi va tizimlashtirildi;

– «Avesto» yozma yodgorligi foraqalpoq folklor janrlarining manbasi sifatida ilmiy tahlil qilindi.

– «Qoraqalpoq tilidagi bog‘langan qо‘shma gaplarni ayniyat va tafovut muammosi aspektida tadqiq qilish» nomli monografiya tayyorlandi;

Qoraqalpoq folklori janrlari tarkibi aniqlandi, janrlik mezonlari, janrlar aro munosabatlari belgilandi, tasnifi, genezisi, evolyutsiyasi, variantlashish, rivojlanish bosqichlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari asosida «Qoraqalpoq folklori» kо‘p jildligi nashrga tayyorlandi va chop etildi.

Folklor va yozma adabiyotning tadqiq qilingan janrlarining genezisi, shakllanishi, rivojlanishi va janrlik kriteriylari masalalari bо‘yicha ilmiy materiallar olindi. Qoraqalpoq adabiyoti va folklorrining barcha mavjud janrlari har tomonlama chuqur tahlil asosida tadqiq qilindi.

Amaliy ishlanmalar:

OTM talabalari uchun о‘quv qо‘llanma «Turk filologiyasiga kirish» (2008);

Ajiniyoz. Asarlar tо‘plami. – Nukus, «Ilim», 2014, 248 b.

Zamonaviy qoraqalpoq tilida kalka. – Nukus, “Ilim”, 2014. 68 b.

Qoraqalpoq filologiyasi. Bibliografik kо‘rsatkich. – Nukus, «Qoraqalpog‘iston», 2014. 52b.

Qoraqalpog‘iston ensiklopediyasi uchun ma’lumotlar bazasi yaratildi. Sо‘zliklar va tahririyat a’zolari aniqlandi.

Qoraqalpoq folklori. Tom: 101-106 jild – Nukus: «Ilim», 2015. 560 b.

Ilgari chop etilgan va chop etilmagan qoraqalpoq xalq qо‘shiqlari qо‘lyozmalari ilmiy nashrda chop etish uchun tekstologik tahlil qilindi. Bunda 2000 dan ortiq qо‘lyozma namunalari tekstologik tahlildan о‘tkazilib, «Qoraqalpoq xalq lirik qо‘shiqlari»ning 2 jildi tayyorlandi.

Xoshniyazov J. Qoraqalpoq qahramonlik dostonlari milliy qadriyatlar asosi. Nukus, «Ilim», 2017. 92 b.

Xoshniyazov J. Milliy dostonlarimiz – ma’naviy va moddiy madaniyatimizning bebaho namunalari. Nukus, «Ilim», 2018. 92 b.

Xoshniyazov J., Palimbetov K. «Maksetov maktabi» (Professor K.Maksetovning hayoti va ijodiy ishlari bо‘yicha ilmiy ocherk). Nukus, 2019. «Ilim», 88 b.

«Qoraqalpoq folklorshunoslik masalalari». Nukus, «Ilim», 2019, 148 b.

Bekbergenova Z., Palimbetov K., Bayniyazova T., Nuratdinova G. XX ásir qaraqalpaq poeziyası antologiyası. – Nókis, Bilim, 2018.

Bekbergenova Z. va b. Ádebiyat. Uliwma bilim beriw mektepleriniń 9-klassi ushın sabaqlıq. – Nókis: Bilim, 2014.

  1. TARIX, ARXEOLOGIYA VA ETNOGRAFIYA.

Asosiy ilmiy yо‘nalishlar:

Qoraqalpog‘iston xalqining tarix, arxeologiya va etnografiya masalalari;

Qoraqalpog‘iston xalqining ma’naviy va madaniy-tarixiy jarayonlarida islom dinining roli va о‘rni masalasini, mintaqadagi xalqning diniy ongining transformatsiyalanish va shu mintaqaning musulmon dunyosida bо‘lib o’tayotgan jarayonlarning ta’siri masalalarini o’rganish;

– xalqlarning moddiy madaniyatini o‘rganish: xalqlarning moddiy madaniyati tizimida qoraqalpoqlarning an’anaviy liboslarini har tomonlama о‘rganish, tarkibi va vazifalarini tiklash;

– an’anaviy ijtimoiy institutlar, an’anaviy etiketlarni о‘rganish, shakllanishi, evolyutsiya va tarixiy dinamikasini tadqiq qilish orqali, ularning transformatsiolanish sabablarini о‘rganish.

XII asrdan hozirgi kungacha Qoraqalpog‘iston xalqining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixini, chor Rossiyasining etnodemografik jarayonlarini, kolonial siyosatini, xalq ozodlik harakatlari, qoraqalpoq davlatchiligining shakllanishi, sovet davridagi vaqtli matbuotni tahlil qilish, Qoraqalpoqston jamiatining kundalik tarixi, Orol dengizi fojiasi tarixi, stalinizmning repressiya siyosati, XX-XXI asrlardagi iqtisodiyot va madaniyat masalalarini о‘rganish;

– Qoraqolpog‘iston hududidagi barcha arxeologik ob’yektlarni о‘rganish;

– Zardushtiylik ma’daniyatining Janubiy Orol bо‘yi hududida tarqalishini о‘rganish;

– antik va о‘rta asrlarda urbanizatsiya jarayonini о‘rganish;

– Orol-Kaspiy mintaqasidagi kо‘chmanchilar ma’daniyati va dafn marosimlarini tadqiq etish;

– Janubiy Orol bо‘yida islom dini tarqalishini о‘rganish, shuningdek, uning islomgacha bo’lgan ma’daniyatini tadqiq etish (Mizdahkon misolida);

Noyob ilmiy obyektlar va kolleksiyalar:

«Orolbо‘yi muzeyi bilan arxeologik, antropologik va numizmatik kolleksilarni yig‘ish» noyob obyekti materiallari asosida mintaqaning fundamental va amaliy-ilmiy arxeologik tadqiqotlari olib borilmoqda. Obyekt fondlari tadqiqotlarini olib borish uchun noyob manbalar bazasini tashkil etadi.

Fundamental kutubxonaning qо‘l yozma fondi noyob obyekti janubiy Orolbо‘yi xalqlarining madaniyati va tarixini o’rganish uchun qо‘l yozma materiallariga ega. Fond materiallaridan mintaqaning va xorijiy davlatlarning har xil fan sohalarining, jumladan: tarix, etnografiya, arxeologiya, adabiyot va folklor, olimlari va tadqiqotchilari kengnan foydalanadi.

Fundamental tadqiqotning muhim natijalari

– dinning Qoraqalpog‘iston aholisi kundalik turmushida о‘rni va о‘ziga xos tomonlari о‘rganildi;

– Qoraqalpog‘iston tarixi (Qadimiy davrdan shu kungacha) kо‘p jildlik nashrga tayyorlanildi;

– Shо‘rolar hukumatining о‘rnatilishi masalalari qayta kо‘rib chiqildi, Markaziy Osiyo davlatlari milliy hududlarga bо‘linishi (chegaralanishi) siyosati va Qoraqalpog‘iston Avtonom oblastining tuzilishi о‘lkada 1917-1991-yillar mobaynida yuzaga kelgan murakkab ijtimoiy iqtisodiy va madaniy jarayonlar yangi arxiv materiallari asosida yoritildi. Rossiya (Moskva). Qozog‘iston (Olma-ota), O‘zbekiston (Tashkent) shuningdek, Qoraqalpog‘iston (Nukus) arxiv jamg‘armalarida saqlanayotgan yangi arxiv materiallari ilmiy iste’molga kiritildi;

– Akshaxon-kal’a Marosimlar kompleksining tо‘rtinchi bо‘limidagi dala tadqiqot ishlari yakunlandi, u yerdan kо‘plab devoriy rasmlarning bo‘laklari topildi. Topilgan rasmlar orasida eng noyobi bu «Tantanali yurish» (Prosessiya) aks etgan portret qoldiqlari hisoblanadi. Bu suratlar mil. av. II-I asrlarga tegishli. Suratlarda Xorazmning o‘zlarining tangalarini zarb qilmasdan oldingi davrdagi Xorazm hukmronligin о‘z qо‘lida ushlab turgan sulola vakillari aks etgan deb taxmin qilinadi. Bu portretlarda Eski Xorazm sulolasi «Siyavushidlar» ga tegishli ilk moddiy manba bo‘lishi mumkin. Portretlarning biridan topilgan «shox» yozuvi bu portretlarning shohlarga tegishli ekanligini tasdiqlaydi;

– 70-80-yy. arxeologlar tomonidan о‘rganilgan «Yoysimon qurilmalar» (Strelovidniye planirovki) fenomeniga geoinformasion texnologiyalarni qо‘llash orqali yangicha nazar tashlash imkoni paydo bо‘ldi. Agar oldinlari bu qurilishlar kо‘chmanchilar tomonidan faqatgina shu mintaqaga tegishli deb yuritilgan bо‘lsa, hozir bu «yoysimon qurilmalar» guruhi Ustyurt tekisligidan yuzlab kilometrga cho‘zilganligini kо‘rsatib berdi;

– Ana’naviy qoraqalpoq liboslarining yuzaga kelishi va uning ayrim shakllari evolyutsiyasi tahlil qilindi;

– yangi qadimiy arxeologik oazis Tashqirmon kashf qilindi; u yerdagi barcha arxeologik obyektlar tadqiq qilindi, Qung‘irot tumanida yangi arxeologik obyektlar kashf qilindi (Karvon saroy Gunjeli), Taxiatoshda yangi obyektlar, Aqchaxon-qal’a yodgorligini tadqiq qilishda Qadimgi Xorazm fortifikatsiyasi, Aqchaxan-qal’a devoriy rasmlari о‘rganildi;

– Nukus shaxri va Qoraqalpog‘istondagi shaxarlar tarixi, shahar madaniyati shakllanishi va harakat etishi masalalari о‘rganildi; 1925-1991-yy. Qoraqalpog‘iston siyosiy elitasi tahlil etilgan, XX asrning 30-50-yy.dagi siyosiy qatag‘on masalalari о‘rganildi; Qoraqalpoq avtonom viloyati tarixiga oid manbalar va hujjatlar tahlil qilindi va jamoalashtirish siyosati oqibatlari tadqiq etildi; 1920-1940-yy. Qoraqalpog‘iston davriy matbuotining shakllanishi va rivojlanishi tarixi yoritildi; 1991-2015-yy. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tarixiy rivojlanish yo‘li ilmiy tadqiq etilgan;

– Zamonaviy etnografiya, moddiy madaniyat muammolarini tadbiq etish, ma’naviy madaniyat muammolarini tadbiq etish masalalariga oid ilmiy ishlar olib borilmoqda.

 

Amaliy ishlanmalar

Qoraqalpog‘iston ensiklopediyasi uchun ma’lumotlar bazasi yaratildi. Sо‘zliklar va tahririyot a’zolari aniqlandi.

Qrantov kо‘tarilmasidan topilgan manbalarga asoslanib, qadimgi va о‘rta asrlar modiy va etnik madaniyatiga tegishli «Arxeologiya Priaralya» monografiyasi bosmadan chiqarildi.

«Qoraqalpogiston yangi tarixi» birgalikdagi ilmiy ish chop etildi.

Qoraqalpogiston tarixi qadimgi davrdan bugungi kungacha ko‘p jildlik kitobiga manbalar tayinlandi.

«Arxeologiya Priaralya» ommabop nashrining VII soni chop etildi.

– FA-I1-G11 Qoraqalpoq liboslari fotoalbomini tayorlash va nashr etish innovasion loyihasi natijasida «Qoraqalpoq liboslari» Fotoalbomi chop etildi. (Karlibayev M.A., Kurbanova Z.I. Nukus. «Ilim» 2013.)

– Нуржанов С.У. Каракалпакская автономная область: история в источниках. (rus tilida) 9 p.l. – Nukus, «Ilim», 2014.- 127 b.

Нуржанов С.У. Периодическая печать Каракалпакстана в системе общественных отношений (2015);

Есбергенов Х., Нуржанов С.У. Сын Отечества. Нукус. 2018,

Qoraqalpog‘iston tarixi (1991-2015-yy.). Nukus: Ilim. 2018;

Ishlari chop etildi.

Ilmiy tadqiqotlarning istiqbollari

Quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi:

– milliy umumiy adabiyot jarayonining tarkibiy qismi bо‘lgan mustaqillik davridagi qoraqalpoq prozasi va poeziyasini о‘rganish;

– milliy istiqlol g‘oyasi kontekstida qoraqalpoq mumtoz adabiyotining ma’naviy va estetik qadriyatlarni tadqiq qilish;

– qoraqalpoq mumtoz adabiyoti vakillarining ijodlarini yig‘malarinining kо‘p jildligini nashrga tayyorlash;

– zamonaviy qoraqalpoq tili va uning tarixini genetik, mintaqaviy, tizimli va funksional xususiyatlarin hisobga olgan holda o’rganishning yangi metodlarini tadqiq qilish va joriy qilish;

– ikki tilli va kо‘p tilli tarjimoiy lug‘atlarning leksiografik majmuini tuzish;

– folklor, etnografik materiallar fondini o‘rganish, ekspertiza qilish, rasmiylashtirish, saqlash va qayta tiklash, hamda ularni elektron shaklga о‘tkazish;

– zamonaviy tarixni о‘rganish;

– qoraqalpoqlarning etnik tarixini, mintaqaning kolonial davrgacha va kolonial davrdagi tariхini о‘rganish;

– tarixiy manbalarni о‘rganish;

– Orolbo‘yi va chekkadagi kо‘chmanchi va chorvalarning qadimiy va о‘rta asr sivilizatsiyasini arxeologik jihatdan o‘rganish;

Qoraqalpog‘iston xalqlarining moddiy madaniyatini o‘rganish, jumladan, qoraqalpoqlarning (an’anaviy libos, kashta tiki shva boshqalar), shuningdek, hozirgi kundagi ruhiy madaniyatni o‘rganish (fe’l-atvor va an’anaviy etiket, oilaviy hayotiy an’analar, e’tiqod va tassavurlar va b.).