2026-yil 29-30 sentabr Xivada O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi
Xiva shahrida To‘rtinchi O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi doirasida “O‘zbekiston va Belarusning gumanitar va ijtimoiy sohalardagi strategik sherikligi: imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Unda Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor S.M. Mambetullaeva Трансграничное сотрудничество в научных исследованиях биоразнообразия: возможности для Узбекистана и Белоруссии” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.Tadbirda “O‘simliklar ekologiyasi va yashil texnologiyalar” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi F.T. Otenova hamda tayanch doktorant G.S. Bayniyazova ham qatnashdi. Tadbir O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida ilm-fan va biologik xilma-xillikni o‘rganish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.











