Qoraqalpoq adabiyoti bo‘limi haqida ma’lumot
Bo‘lim nomi: Qoraqalpoq adabiyoti bo‘limi.
Bo‘lim boshlig‘i: Filologiya fanlari doktori (DSc), professor Bekbergenova Ziyada Utepovna
Bo‘limning ilmiy salohiyati: Bo‘limda 4 ta katta ilmiy xodim (A.Utambetova, X.Utemuratova, Sh.Sayimbetov, T.Jarimbetova), 2 ta kishik ilmiy xodim (F.Palimov, J.Bazarbayeva), 6 ta tayanch doktorant (D.Pirnazarova, M.Mnajatdinova, Sh.Abdugapparova, N.Mamutova, J.Ubbiniyazova, R.Jambulova) faoliyat olib bormoqda.
Bo‘lim haqida qisqacha tarixiy ma’lumot: Hozirgi qoraqalpoq adabiyoti bo‘limining shakllanish va rivojlanish tarixi 1959-yili O‘zRFAQF ochilishidan boshlanadi. O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab «Qoraqalpoq adabiyoti» bo‘limida ko‘plab olimlar, shu jumladan, M.Nurmuxamedov, S.Allayarov, N.Japaqov, S.Nietullaev, Z.Nasrullaeva, G.Esemuratov, K.Xudaybergenov, A.Nasrullaev, Q.Bayniyazov, A.Murtazaev, A.Karimov, A.Pirnazarov, T.Mambetniyazov, S.Baxadirova, T.Qurbanbaeva va boshqa olimlar yetishib chiqdi. Bo‘lim olimlar tomonidan nasr, she’riyat, dramaturgiya, lirika, roman, qissa kabi adabiy tur va janrlarga oid badiiy materiallar tizimli ravishda to‘planib, ularning ilmiy-nazariy xususiyatlari tadqiq etildi. Institutning adabiyotshunoslari qisqa davr ichida qoraqalpoq adabiyotining tarixi, klassik shoirlarning merosi va badiiy asarning poetik tabiati bilan ichki qonuniyatlarini o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shdi.
Bo‘limning asosiy ilmiy yo‘nalishlari: Bo‘lim qoraqalpoq adabiyoti tarixi, mumtoz shoirlarning meroslari, XX asr va mustaqillik yillaridagi shoir-yozuvchilarning adabiy portretlari, adabiy turlar va janrlar, lirik, epik, dramatik asarlarning rivojlanish jaroyonlari, lirik, epik va dramatik asarlarda qahramon va obraz yaratish mahorati, badiiy asar tili, syujeti, qahramon xarakteri, psixologiyasi, asar kompozitsiyasi, konflikt yaratish masalalarini o‘rganish, qardosh xalqlar adabiyotlari bilan adabiy aloqalarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Bo‘limda quyidagi masalalarni qamrab oluvchi ilmiy ishlar olib borilmoqda: Qoraqalpoq yozuvchilarining ijodiy laboratoriyasini o‘rganish, ma’lum bir davr va o‘n yilliklarda badiiy asarlarning rivojlanish tendensiyalari, adabiy portretlar, so‘z san’ati, mustaqillik yillaridagi qoraqalpoq va qardosh xalqlar adabiyotlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganish, yozuvchilar ijodining g‘oyaviy-badiiy, janr va uslubiy xususiyatlarini ilmiy-nazariy asosda tahlil qilish va h.k.
Bo‘limning xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan aloqasi: Bo‘limning ilmiy xodimlari Qoraqalpog‘istonning va O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda va seminar-trening, mahorat darslarida o‘zlarining ma’ruzalarini o‘qiydi, shuningdek, bo‘lim xodimlari chet ellarda o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyalar va davra suhbatlarida (Moskva, Ufa, Qozon, Ashxobod, Bishkek, Ostona, Olmaota, Turkiston, Taraz, Toshkent, Nukus, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va boshqalar) o‘zlarining ma’ruzalari bilan faol ishtirok etmoqda.
Bo‘lim tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy ishlar: Hozirgi kunda bo‘limda Qoraqalpoq va o‘zbek adabiy janrlarining uyg‘un rivojlanishi (2013-2023-yillardagi nasriy asarlar misolida) (2026-yil) mavzusida fundamental ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi – 2013-2023 yillardagi qoraqalpoq va o‘zbek adabiy janrlarining uyg‘un rivojlanishini, nasriy asarlar misolida o‘rganish va uning janriy, shakliy, g‘oyaviy-badiiy va uslubiy xususiyatlarini ilmiy asosda tahlil qilish. Shu orqali hozirgi qoraqalpoq va o‘zbek adabiyotidagi janrlararo uyg‘unlik, badiiy-estetik yangilanish va ijodiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash.
Bo‘limning ilmiy natijalari:
– 1998-2002-yillarda Qoraqalpoq adabiyoti tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi;
– Hozirgi qoraqalpoq adabiyotining tur va janrlari tizimlashtirib o‘rganildi;
– Hozirgi zamon qoraqalpoq yozuvchilari ijodining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari tadqiq etildi;
– XVIII-XIX asr qoraqalpoq klassik adabiyoti asarlarining 5 jildlik to‘plamlarini mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan nashrga tayyorlashning ayrim masalalari o‘rganilib, nashrga tayyorlandi;
– XX asr qoraqalpoq poeziyasi antologiyasining I jildi mustaqillik mafkurasi nuqtayi nazaridan nashrga tayyorlanib, chop etildi;
– Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixi o‘rganildi;
– Hozirgi qoraqalpoq yozuvchilarining ijodiy laboratoriyasi monografik aspektda o‘rganildi;
– Hozirgi qoraqalpoq adabiy janrlarining rivojlanish tendensiyalari (1991-2001-yillar nasr, she’riyat, dramaturgiya janrlari hamda qoraqalpoq va o‘zbek adabiy janrlarining uyg‘unlikda rivojlanishi (2002-2012-yillar nasr, she’riyat, dramaturgiya janrlari misolida) » mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib borildi.
– Qoraqalpoq va o‘zbek adabiy janrlarining uyg‘unlikda rivojlanishi (2013-2023 yillardagi nasriy asarlar misolida) hamda adabiy aloqalar va adabiy ta’sir masalalari bo‘yicha tadqiqotlar davom etmoqda.
Bo‘lim ilmiy xodimlari tomonidan bir qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar nashr etildi.
2017-2026-yillarda bo‘limda quyidagi tematik tadqiqotlar amalga oshirildi:
Loyiha nomi: №FA-F-1-005 «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini o‘rganish» (2017-2020 y.y.). Loyiha rahbari: Bekbergenova Z.U.
2021-2023 yillarga mo‘ljallangan fundamental tadqiqotlar davlat dasturi doirasida.
Loyiha nomi: «Qoraqalpoq yozuvchilarining ijodiy laboratoriyasini monografik aspektda tadqiq etish» (2021-2023-yillar). Loyiha rahbari: Bekbergenova Z.U.
Loyiha nomi: «Hozirgi qoraqalpoq adabiy janrlarining rivojlanish tendensiyalari (1991-2001-yillar nasr, poeziya, dramaturgiya janrlari misolida) (2024-yil). Loyiha rahbari: Bekbergenova Z.U.
Loyiha nomi: «Qoraqalpoq va o‘zbek adabiy janrlarining uyg‘unlikda rivojlanishi (2002-2012-yillar nasr, she’riyat, dramaturgiya janrlari misolida) » (2025-yil). Loyiha rahbari: Bekbergenova Z.U.
Loyiha nomi: «Qoraqalpoq va o‘zbek adabiy janrlarining uyg‘unlikda rivojlanishi (2013-2023 yillardagi nasriy asarlar misolida).» Loyiha rahbari: Bekbergenova Z.U.
Bo‘lim tomonidan bir qator ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi.

















