• Сайтқа кириў

Kutubxona haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti qoʻlyozma fondi bilan Fundamental kutubxona noyob obyekti haqida ma’lumot

 

Boʻlim nomi: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti qoʻlyozma fondi bilan Fundamental kutubxona noyob obyekti.

Fundamental kutubxona noyob obyekt bosh kutubxonachisi: Aytimova Ulmeken Aymuratovna. 

Kutubxona haqida qisqacha ma’lumot. Kutubxona tarixi: Kutubxona 1931-yil  Qoraqalpoq kompleksli ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilishi asosida tuzildi. 1937-yil institut boʻlimlari Xalq komissariatlariga tarqatilishi sababli kutubxona yopiladi. 1938-yil Qoraqalpogʻiston ASSR Xalq Maorif komissariati qoshida Til va adabiyot ilmiy-tadqiqot sektori tuziladi, bir yildan soʻng 1939-yili Qoraqalpogʻiston ASSR Xalq Komissarlar Kengashining qoshidan yangidan Til va adabiyot instituti va kutubxona tashkil etildi. Institut va kutubxona 1941-yil oxirida urush davridagi qiyinchiliklar sababli yopildi. 1943-yili Qoraqalpogʻiston Xalq Komissarlar Kengashining qoshidan Qoraqalpoq Til va adabiyot ilmiy-tadqiqot instituti yangidan ochiladi. 1946 yildan boshlab ilmiy kutubxona oʻz ishini boshladi. Kutubxonaga 1931-1998 yillarda L.I.Anisa, K.Qalilaev, B.Ibragimova, S.Chepkunova, Q.Asanovalar rahbarlik qilgan. 1992 yil Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali boʻlim sifatida qayta tashkil etilishi bilan ilmiy kutubxonaga OʻzR FA Qoraqalpogʻiston boʻlimining Fundamental kutubxonasi maqomi berildi.

2005 yil yanvar oyidan boshlab Fundamental kutubxonaning qoʻlyozma fondi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “Fan va texnologiyalar markazi”da Davlat noyob ilmiy obyektlar qatorida roʻyxatga olindi.

Fundamental kutubxona 129500 nusxa kitob fondiga ega. 1992 yildan boshlab “Qoraqalpogʻiston”, 2011 yildan “Bilim”,“Ilim” nashriyotlarida chop etilgan kitoblarning va Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar, tumanlaridagi mahalliy gazeta-jurnallarning majburiy nusxalarini olib keldi. 2023-yildan majburiy nusxalarning kelishi tuxtatildi, sababi majburiy nusxalar oladigan reestr roʻyxatidan kutubxona olib tashlandi.

Qoʻlyozmalar fondi: Kutubxonamizning fahri uning qoʻlyozma va eski toshbosma kitoblar boʻlimi. Unda arab, forsiy, turkiy tillardagi va lotin alifbosidagi qoʻlyozmalar saqlanmoqda. Ular sharq mumtoz adabiyoti asarlari, grammatika, matematika, falsafa, tibbiyot boʻyicha traktatlar, mantiq, yuridika, pedagogika, musiqa, geografiya, sehrgarlik, etika, adabiyot, tilshunoslik, tarixiy va diniy mazmundagi qoʻlyozmalardan iborat. Fondning ikkinchi boʻlimi dala yozuvlari va qoraqalpoq xalqining ma’naviy va madaniy meroslari hisoblangan milliy dostonlarning qoʻlyozma nusxalari toʻplamlari, ekspeditsiya materiallari va noyob nashrlardan iborat.

Shaxsiy kollektsionerlar fondi: Qoraqalpogʻiston olimlarining oʻlkaga oid ilmiy kollektsiyalari mavjud boʻlib ular oʻz shaxsiy kutubxonalarini kutubxonaga sovgʻa sifatida hadya etishni an’anaga aylantirgan. Kutubxonada taniqli olimlarning uy kutubxonalaridan qabul etilgan axborot-resurslari negizida “shaxsiy kollektsiyalar fondi”, ”akademik fondlar” tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda kutubxonada ilmiy ishlar olib borishda katta ahamiyatga ega 21 nafar kollektsionerlarning kitob fondlari olimlarga xizmat etmoqda.

Kutubxonaning asosiy yoʻnalishlari: Kitob fondini shakllantirish va saqlashni ta’minlaydi, kitob fondini yangi adabiyotlar va gazeta-jurnallar bilan toʻldirish, ilmiy adabiyotlar kitob almashinuvini tashkillashtiradi, elektron resurslar fondini va elektron katalogni shakllantiradi, jahon elektron resurslari ma’lumotlar bazasidan ilmiy xodimlar va doktorantlarning foydalanishi uchun sharoitlar yaratib berish va axborot bibliografiya xizmatini koʻrsatish, respublikaning “yigʻma elektron katalog”in shakllantirishga qatnashish, xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarga ma’ruzalar bilan qatnashish, vaqtli matbuotda sohaga oid maqolalar tayyorlash, OʻzR FA tizimidagi ilmiy kutubxonalar, tashkilotlar va muzeylar bilan hamkorlikda ish olib borish, metodik yordam olish, katalog va kartotekalarni toʻldirish, kutubxonani kutubxonashunoslik bilimga ega tajribali mutaxassislar bilan ta’minlash, ”Qoraqalpogʻiston fani: tarixi va rivoji ” mavzusidagi elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

Kutubxonada amalga oshirilayotgan ishlar:Kitobxonlarga an’anaviy va onlayn xizmat koʻrsatilmoqda, ularning buyurtmalari kitob fondida mavjud boʻlmasa boshqa kutubxonalardan olib berilmoqda. Kutubxona rejasidagi madaniy tadbirlar oʻtkazilmoqda va kunning dolzarb mavzulariga, muhim sanalar va yubileylarga tematik kitob koʻrgazmalari tashkillashtirildi. Lokal tarmoqda “KARMAT” dasturida “elektron katalog”ga 86924 nomda 108941 nusxa bibliografik yozuvlar kiritildi. OʻzR FA tizimidagi “korporativ” tarmoqga 12552 nusxa bibliografik yozuvlar eksport qilindi.Yozuvchilar, olimlarning yubileylari munosabatiga oid ularning ilmiy asarlarining bibliografiyasi elektron shaklda tayyorlanmoqda. Kutubxonadagi dissertatsiyalar, avtoreferatlar, noyob nashrlar, qoʻlyozmalar, majburiy nusxalar, ilmiy kitoblar va maqolalar, bo`limda faoliyat yuritgan akademiklar, fan doktorlari va nomzodlarining ilmiy asarlarining elektron formati yaratildi. OʻzR FA Qoraqalpogʻiston boʻlimining “Axborotnoma” jurnali (1960-2026) va “Amudaryo” jurnalining (1958-2026) yillardagi sonlari elektron formatga oʻtkazildi. Yaratilgan toʻliq matnli elektron resurslar “KARMAT” dasturining bibliografik yozuviga ulanadi.

Amalga oshirilayotgan loyihalarga qatnashish: 2013-yildan boshlab “OʻzR FA Asosiy kutubxona va ilmiy tadqiqot institutlari kutubxonalarining virtual korporativ tizimi” mavzusidagi loyiha boʻyicha OʻzR FA Fundamental kutubxonasi ish boshladi.

OʻzR FA qarashli ilmiy tadqiqot institutlarining kutubxonalari, Ma’mun akademiyasi va OʻzR FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi fundamental kutubxonasi loyihaning ijrochisi sifatida qatnashmoqda. Loyihada quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi: Bibliografik axborotlar, toʻliq matnli axborotlar uchun xalqaro standartlar talabi asosida ma’lumotlar bazasi (tekstli, video, audio) tuzilmasini ishlab chiqish OʻzR FA kutubxonalarini kerakli texnika va dasturlar bilan ta’minlash. Kutubxonachilarga elektron katalog yaratish, elektron kutubxona, kitobxonlarga zamonaviy axborot xizmati, virtual korporativ tarmoqda ishlash boʻyicha maxsus trening kurslarini oʻtkazish; Elektron katalog va to’liq matnli ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasini (dissertatsiyalar, avtoreferatlar, monografiyalar, ilmiy maqolalarni oʻz ichiga oladi) shakllantirish va ularni “yigʻma elektron katalog”ga ulash; “yigʻma elektron katalog”ga va ilmiy-ta’limiy axborot maʻlumotlar bazasiga onlayn murojatlarni tavsiya etish, virtual korporativ tizim orqali kutubxonalardan tezkor ma’lumotlarni olishni ta’minlash; FA tizimidagi kutubxonalar xodimlariga elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, foydalanish; natijali ma’lumot olish uchun va kitobxonlarga yuqori saviyali darajada xizmat koʻrsatish uchun OʻzR FA kutubxonalarining rivojlangan virtual korporativ tizimini Oʻzbekistan Milliy kutubxonasining elektron kutubxonasiga ulash. Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar uchun 1000 kitob ”loyihasi uchun OʻzR FA Qoraqalpogʻiston boʻlimida faoliyat yuritayotgan olimlarning ilmiy asarlari skanerlanib elektron nusxalari tayyorlandi.