Opaev Baymurat Abdreshitovich
Ma’lumoti: oliy, 2001–2005-yillarda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bakalavriat, 2010–2012-yillarda magistratura bosqichini tamomlagan.
Tayanch doktorantura: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, Nukus shahri, O‘zbekiston, 2020–2023-yillar.
Ilmiy darajasi va unvoni: tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
Ilmiy qiziqishlari doirasi: Ilmiy faoliyatning asosiy yo‘nalishi – mamlakatimizning mustamlakachilik davri tarixini o‘rganishdan iborat. Xususan, Qoraqalpog‘iston hududida faoliyat yuritgan an’anaviy sud tizimining tarixiy taraqqiyoti tadqiq etilmoqda. Tadqiqot doirasida sud ishlariga oid yozma manbalar – qozilik hujjatlari kompleks tahlil qilinadi. Ushbu hujjatlar arab, fors, eski o‘zbek va eski qoraqalpoq tillarida yozilgan bo‘lib, ularni tarixiy jihatdan o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur yozma manbalar tahlili mustamlakachilik davridagi mahalliy boshqaruv va huquqiy an’analarning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tadqiqotda qozilik hujjatlarining lisoniy xususiyatlari, ularning tarixiy kontekstdagi o‘rni va mazmuniga oid ma’lumotlar tizimlashtiriladi. Natijada ushbu manbalarning ilmiy ahamiyati va tarixiy qimmati atroflicha ochib beriladi.
e-mail: Opaevb@list.ru










