“YEVROSIYO BIOXILMA-XILLIGINI SAQLASH: ZAMONAVIY MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR” MAVZUSIDAGI III XALQARO KONFERENSIYA
Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti,Nukus shahri,Qoraqalpog‘iston Respublikasi

AXBOROT XATI
Hurmatli biolog olimlar va ekologlar! Sizlarni 2025-yil 16-18 oktyabr kunlari Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiytadqiqot institutida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston) Andijon davlat
universiteti (O‘zbekiston), Ege unıversıteti (Turkiya) va Baku davlat universitetlari (Ozarbayjon) hamkorligida o‘tkaziladigan “Yevrosiyo bioxilma-xilligini saqlash: zamonaviy muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida III Xalqaro konferensiyaga taklif etamiz. Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad – Yevrosiyoda bioxilma-xillikni saqlab qolishning dolzarb muammolari, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan barqaror foydalanish hamda monitoring qilish asoslarini muhokama etish. Konferensiyaga maqolalar qoraqalpoq, o‘zbek, turk, ozarbayjon, ingliz va rus tillarida qabul qilinadi. Konferensiya materiallari to‘plam ko‘rinishida nashr etiladi. Konferensiya to‘plamiga kiritilgan barcha maqolalar “Google Scholar” ma’lumotlar bazasiga kiritiladi hamda Ilmiy qo‘mita tomonidan eng yaxshi deb topilgan maqolalar «O‘zRFAQQB Axborotnomasi» va Baku davlat universitetining (Ozarbayjon) «Life Sciences & Biology» jurnallarining maxsus
sonlarida chop etiladi (tanlangan maqolalar muallifga qayta tahrir qilish uchun yuborilishi mumkin).
Anjuman yo‘nalishlari:
1-seksiya: Yevrosiyoda genetik bioxilma-xillikning muammolari va
yechimlari;
2-seksiya: Suv va tuproq ekosistemalarining biomonitoringi va ularni
muhofaza qilish;
3-seksiya: Noyob o‘simlik va hayvon turlarini muhofaza qilish, ularni qayta
tiklash;
4-seksiya: Yevrosiyoda fotosintetik organizmlarning saqlanishi;
5-seksiya: Yevrosiyodagi zamburug‘lar va ularning simbiotik sheriklarini
saqlash.
Konferensiya materiallariga qo‘yiladigan talablar va ularni
qabul qilish muddati
Konferensiyada ishtirok etish uchun tashkiliy qo‘mitaning electron pochta(karakalpaknaturalsciences@gmail.com) manziliga joriy yilning 20 sentyabrkuniga qadar 1-ilovada keltirilgan shaklni to‘ldirib, maqolani 2-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan holda yuborish so‘raladi. Yuborilayotgan fayl nomida maqola birinchi muallifining familiyasi lotin harflarida chiziqcha orqali va seksiya raqami yoziladi: (Jumabaev-2). Konferensiyaga taqdim etilgan materiallarning mazmun va mohiyati uchun mualliflar javobgar. Ilmiy qo‘mita maqolalarni tahrir qilish huquqiga ega.
Konferensiyaning talablariga javob bermaydigan va belgilangan muddatdan kechikib yuborilgan maqolalar rad etiladi.
Konferensiya materiallarini rasmiylashtirish qoidalari. Yuborilgan materiallar konferensiyaning asosiy mavzu yo‘nalishlariga mos kelishi kerak. Maqolalar quyidagi tartibda rasmiylashtirilishi zarur:
1. Maqola nomi (o‘rtada, bosh harflarda, qalin shriftda);
2. Muallif(lar) ismi va otasining ismi (bosh harflari), familiyasi (to‘liq),
o‘rtada, kichik harflarda, qalin shriftda;
3. Tashkilotning to‘liq nomi, davlat nomi;
4. Tegishli muallifning e-mail manzili;
5. Annotatsiya (150 so‘zdan oshmasligi zarur, faqat ingliz tilida);
6. Kalit so‘zlar (5 so‘z bilishi shart, faqat ingliz tilida);
7. Maqolaning asosiy matni (2-5 bet);
8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Maqola matnini rasmiylashtirish qoidalari. Matn redaktori – Microsoft Word; Format – doc (docx); Shrift o‘lchami – 12; Shrift – Times New Roman;Qatorlar oralig’i interval – 1; Xat boshi – 1,25 sm. Sahifa parametrlari: chapdan 3,0 sm; o‘ngdan 2,0 sm; yuqori va pastdan 2,5 sm. Matn sahifalari raqamlanmaydi.Formula va lotincha (tur, avlod va boshq.) nomlanishlar kursivda yoziladi. Grafik materiallar (rasm, diagramma, sxema va boshq.) yuqori sifatli bo‘lishi zarur. Grafik materiallar soni 4 tadan va jadvallar 3 tadan ortmasligi tavsiya etiladi. Maqola matni 2-5 betgacha bo‘lishi kerak. Adabiyot manbalariga havola oddiy qavs ichida muallif va nashr yili ko‘rsatilgan holda yoziladi. Masalan: bir muallif – (Temirbekov, 2018); ikki muallif – (Esbergenov va Qurbanbaev, 2012); ikkidan ortiq muallif – (Embergenov va boshq., 2020). Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida maqola oxirida beriladi. Adabiyotlar soni 10 tadan ortmasligi lozim.
Maqolani chop etish uchun to‘lov mavjud. Mualliflar sonidan qat’iy nazar har bir maqola uchun 20 AQSh dollari (20$ yuborilayotgan vaqtda O‘zRes Markaziy bankining USD-UZS konvertatsiyasi bo’yicha hisoblanadi) to‘lov qilinadi. Konferensiya materiallari to‘plamining elektron varianti va sertifikat (pdf) bepul taqdim etiladi.
Maqola uchun to’lovlar quyidagi usullar orqali qabul qilinadi:
1. Western Union orqali pul yuborish uchun:
Mirzambetov Nurlibay (Tel.:+998934083690) Nukus, Qoraqolpog’iston
Respublikasi
2. Zolotaya Korona (KoronaPay) orqali pul yuborish uchun:
Mirzambetov Nurlibay (Tel.:+998934083690) Nukus, Qoraqolpog’iston
Respublikasi
3. Viza karta orqali pul qabul qilish uchun:
4195 2500 4021 7612 (Nargiza Abdinasirova)
4. UzCard yoki Humo kartalari orqali pul qabul qilish uchun (yuborilayotgan
vaqtda O‘zRes Markaziy bankining USD-UZS konvertatsiyasi bo’yicha
hisoblanadi):
5614 6812 5541 3183 (Mirzambetov Nurlibay Aybergenovich)
Tashkiliy qo‘mita manzili:
Manzil: 230100, Qoraqolpog’iston Respublikasi, Nukus shahri, Berdakhko‘chasi 41-uy. Qoraqolpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti
Temirbekov Rametulla (+998913040874; @ramet_1974) –qoraqalpoq tilida
materiallarni qabul qilish va murojaatlar uchun;
Nurlibay Mirzambetov (+99893 4083690; @nurlibay_mirzambetov) – o‘zbek
tilida materiallarni qabul qilish va murojaatlar uchun;
Madiyar Utebaev (+99899 049-87-26; @Madyar0077) – ingliz tilida
materiallarni qabul qilish va murojaatlar uchun;
Kulshat Dawilbaeva (+99891 927-20-40; @kulshat0891) – rus tilida
materiallarni qabul qilish va murojaatlar uchun;
E-mail: karakalpaknaturalsciences@gmail.com
Veb sahifa: www.iceb.ege.edu.tr










