• Сайтқа кириў

Gulimbetov Arislanbay Otebaevich

Gulimbetov Arislanbay Otebaevich

Ma’lumoti: oliy, 2010–2014-yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining bakalavriat, 2015–2017-yillarda magistratura bosqichini tamomlagan.

Tayanch doktorantura: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, Nukus shahri, O‘zbekiston, 2023–2025-yillar.

Ilmiy darajasi va unvoni: yoʻq

Ilmiy qiziqishlari doirasi: Ilmiy faoliyatning asosiy yo‘nalishi – mamlakatimizning mustamlakachilik davri tarixini o‘rganishdan iborat. Xususan, Qoraqalpog‘iston hududi xalqalarining savdo-iqtisodiy aloqalar tizimining tarixiy taraqqiyoti tadqiq etilmoqda. Tadqiqot doirasida savdo-aloqalar tizimiga oid yozma manbalar va arxiv hujjatlari kompleks tahlil qilinadi. Ushbu arxiv hujjatlar eski o‘zbek va eski slavyan tillarida yozilgan bo‘lib, ularni tarixiy jihatdan o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur arxiv manbalar tahlili mustamlakachilik davridagi savdo-iqtisodiy siyosatning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tadqiqotda savdo-iqtisodiy aloqalariga tegishli ilmiy adabiyotlar va manba’larning tarixiy kontekstdagi o‘rni va mazmuniga oid ma’lumotlar tizimlashtiriladi. Natijada ushbu manbalarning ilmiy ahamiyati va tarixiy qimmati atroflicha ochib beriladi.

 

e-mail: arislangulimbetov89@gmail.com