• Сайтқа кириў

Djumashev Asqar Mambetovich

Djumashev Asqar Mambetovich

 

Egallab turgan lavozimi: O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qorqalpog`iston bo`limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tarix bo`limi  boshlig’i

Ma’lumoti: Oliy, Nukus Davlat universitetini tugatgan, 1985-1991 yy.

Aspirantura: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti – 1991–1994-yillar.

Doktorantura: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti – 1999-2002-yillar.

Ilmiy darajasi va unvoni: Tarix fanlari doktori (DSc), professor

Ilmiy qiziqish doirasi: XX asr Qoraqalpoq davlatchiligi tarixi, siyosiy elita, Sovet hukumatining repressiya siyosati, kollektivlashtirish siyosati, demografiya muammosi. 1924-1941-yillardagi Qoraqalpog‘iston ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixi buyicha mutaxassisi. Uning tadqiqotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat boshqaruvining sovet tizimi, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida mintaqadagi tarixiy jarayonlarni o‘rganishga qaratilgan.

Ilmiy tajribasi: 2003-2004 – DAAD (Germaniya) stipendiati; 2005-2006 – Gerda Xenkel jamg‘armasi (Germaniya) stipendiati; 2005-2007 – «From History to Histories: Teaching the Pastfrom a Local Perspective» yozgi maktabi ishtirokchisi (Sankt-Peterburg Yevropa universiteti, Rossiya); 2006-2008 – «O‘rta Osiyo tarixini qayta ko‘rib chiqish» xalqaro ilmiy-metodlogik seminari ishtirokchisi. «O‘quv Markazi – Bilim – Markaziy Osiyo» Korporativ Fondi (Almati, Qozog‘iston) tashkilotchilaridan biri.

2009-2011-yillar – Aleksandr fon Gumboldt nomidagi jamg‘arma  (Berlin, Germaniya) stipendiyasi sohibi, Gumboldt universiteti; 2010-yil – «Markaziy Osiyoda ijtimoiy tarixning rivojlanishi» yozgi maktabi (Almati, Qozog‘iston) ishtirokchisi, «Turon» universiteti; 2016-yil oktyabr-dekabr, 2019-yil iyul–dekabr va 2023-yil sentyabr-noyabr oylarida – Aleksandr fon Gumboldt jamg‘armasi doirasida ilmiy amaliyotda bo‘lgan (Berlin, Germaniya), Gumboldt universiteti,  Regensburg universitetining G‘arbiy va janubiy-g‘arbiy Evropa tadqiqot instituti.

Shuningdek, A.Djumashev Gerda Xenkel fondi doirasidagi Rossiya (Moskva, Orenburg), Qozog‘iston (Almati, Qizilorda) va O‘zbekiston (Toshkent, Nukus) dagi ilmiy-tadqiqot markazlari, kutubxona va arxivlarda tadqiqotlar olib bordi.

e-mail: djumashev@mail.ru