2026-yil 16-iyun kuni soat 10:00 da institutning Kichik majlislar zalida Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27/12/В.14.02 raqamli Ilmiy kengashning ilmiy seminari bo‘lib o‘tadi.
KUN TARTIBI:
Mirzamurodov Omon Xasan o‘g‘lining “Urbanizatsiya sharoitida gidrobiontlarning tarqalishining ekologik aspektlari (Navoiy shahri va uning atrofidagi suv ekotizimlari misolida)” mavzusidagi (03.00.10 – Ekologiya) biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining muhokamasi.
Turdimuratova Jamila Mirzamuratovnaning “Qoraqalpog‘iston Respublikasi yer usti suvlari sifatining ekologik monitoringi (Nukus shahri, Beruniy va Taxtako‘pir tumanlari misolida)” mavzusidagi (03.00.10 – Ekologiya) biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining muhokamasi.










