• Сайтқа кириў

2027-YIL UCHUN QABUL E’LONI

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida stajyor- tadqiqotchilikka, tayanch doktoranturaga (PhD) va doktoranturaga (DSc) qabul e’lon qiladi.

 


TAYANCH DOKTORANTURA (PhD)

 

01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi – 1 ta o‘rin

02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi – 2 ta o‘rin

02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi – 2 ta o‘rin
03.00.10 – Ekologiya – 1 ta o‘rin

04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi – 1 ta o‘rin

08.00.06 – Ekonometrika va statistika – 1 ta o‘rin

02.00.10 – Bioorganik kimyo – 1 ta o‘rin


 

DOKTORANTURA (DSc):

 

04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi – 1 ta o‘rin


 

STAJYOR- TADQIQOTCHILIKKA

 

01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi – 1 ta o‘rin

02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi – 1 ta o‘rin

02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi – 1 ta o‘rin

03.00.10 – Ekologiya – 2 ta o‘rin

02.00.10 – Bioorganik kimyo – 1 ta o‘rin

 


TALABLAR

– magistr darajasi yoki mutaxassislik dasturi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
– tayanch doktorantura (PhD) uchun ilmiy jurnalda chop etilgan kamida 1 ta maqola hamda tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta ma’ruza tezisiga ega bo‘lish, Doktorantura (DSc) uchun ilmiy jurnalda chop etilgan kamida 3 ta maqola hamda tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta ma’ruza tezisiga ega bo‘lish;
– til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1 va undan yuqori).


TAQDIM ETILADIGAN ASOSIY HUJJATLAR:
▪️ ariza;
▪️ qisqacha biografik ma’lumotnoma;
▪️ nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari uchun — tegishli hujjat nusxasi.

 


QABUL SINOVLARI:

 

– Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida oliy ta’limdan keyingi ta’limga (tayanch doktorantura va doktorantura) talabgorlarni qabul qilish jarayonida joriy yilda kirish imtihoni o‘rniga ilmiy-tadqiqot ishi taqdimoti o‘tkaziladi.

– Taqdimotga qo‘yiladigan talablar, uning tarkibi, o‘tkazilish tartibi va baholash mezonlari bilan belgilangan dastur orqali tanishish mumkin.

Talabgorlardan taqdimotga oldindan va puxta tayyorgarlik ko‘rishlari so‘raladi.


Hujjatlarni qabul qilish muddati:

 

15-sentabrdan 15-oktabrgacha.


Ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni topshirish:
daraja.ilmiy.uz

Ilmiy-tadqiqot ishi taqdimoti, kirish imtihonlari va suhbatlar 1–25-noyabr kunlari o‘tkaziladi.