Xiva shahrida “Strategik sheriklik: parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, yangi vazifalar va hamkorlikning istiqbollari” mavzusida To‘rtinchi O‘zbekiston-Belarus parlamentlararo forumi bo‘lo‘tdi. Unda Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor S.M. Mambetullaeva delegatsiya a’zosi va ma’ruzachi sifatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
MA’LUMOTNOMA
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish va siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashga bag‘ishlandi.
Ikki kun davomida davom etgan forum dasturi doirasida ikki mamlakat parlamentlari vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida muloqot va muhokamalar o‘tkazildi. Tadbir o‘zaro ishonch va manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, qonunchilik tajribasi almashish va kelgusidagi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish uchun muhim bo‘ldi.
Yig‘ilishda professor S.M. Mambetullaeva “Трансграничное сотрудничество в научных исследованиях биоразнообразия: возможности для Узбекистана и Белоруссии” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbirda shuningdek, “O‘simliklar ekologiyasi va yashil texnologiyalar” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi F.T. Otenova hamda tayanch doktorant G.S. Bayniyazova ham ishtirok etishdi.
Ushbu xalqaro hamkorlik jarayoni o‘zbek va Belarus olimlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga va biologik xilma-xillikni o‘rganish sohasidagi tajriba almashishga xizmat qiladi.