|
|
|
| Bo'lim haqida |
|
Zamonaviy qoraqalpoq ilm-fani juda murakkab va mashaqqatli yо‘lni bosib о‘tdi. Quyi Amudaryo о‘zining qadimiy madaniyati, noyob о‘simlik va hayvonot dunyosi, ulkan foydali qazilma boyliklariga ega bо‘lganligi sababli qadimdan tadqiqotchilarning e’tiborini jalb etib kelgan. Qumliklar orasida joylashgan va baliq zaxiralariga boy bо‘lgan ajoyib Orol dengizi ham diqqatga sazovor edi. Bularning barchasini о‘rganish uchun ilmiy-tadqiqot va siyosiy xususiyatga ega bо‘lgan kо‘plab ekspeditsiyalar uyushtirildi. XX asrning 20-30 yillarida о‘lkamizni tizimli о‘rganish ishlari boshlandi. О‘lkaning tabiiy boyliklarini va ishlab chiqarish kuchlarini о‘rganish bо‘yicha tadqiqotlar olib borildi, bu jarayonda qoraqalpoq xalqining madaniy merosi ham о‘rganildi. Adabiy va folklor merosini nashr etish, qoraqalpoq tili grammatikasi asoslarini yaratish bо‘yicha keng kо‘lamli ishlar yо‘lga qо‘yildi. Shu maqsadda Moskva davlat universiteti Etnologiya fakulteti talabalari N.A.Baskakov va A.Davlet Moskvadan Qoraqalpog‘istonga yuborildi. 1920 yillarning oxirida ularning ishiga rassom-etnograf A.Melkov qо‘shildi. Ularning materiallari bugungi kunda о‘tgan asr boshlaridagi Qoraqalpog‘iston xalqlari etnografiyasini о‘rganishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu davrda Qoraqalpog‘iston hududida arxeologik qazishmalar, shuningdek, sobiq SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti tomonidan Sharq xalqlari tarixini yaratish bо‘yicha tizimli ishlar boshlanib ketdi. Bu ishlar natijasida “Qoraqalpoq ASSR ishlab chiqarish kuchlarini о‘rganish bо‘yicha materiallar” va “Qoraqalpoqlar tarixi bо‘yicha materiallar” (Moskva-Leningrad, 1934) asarlari nashr etildi. Qoraqalpog‘iston hududida olib borilgan qidiruv ishlari keyinchalik butun dunyoga mashhur bо‘lgan S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasini tashkil etishga asos bо‘lib xizmat qildi.
Bu faoliyat natijasida 1931 yilda Qoraqalpog‘istonda birinchi ilmiy markaz - Qoraqalpoq ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Institut ishiga nafaqat Markazdan kadrlar, balki Qoraqalpog‘istondan ham dastlabki mahalliy mutaxassislar - K.Ayimbetov, J.Urumbayev, K.Ubaydullayev, T.Bekimbetovlar jalb qilindi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida, barcha qiyinchiliklarga qaramay, О‘zbekistonda fan rivojlanishda davom etdi. 1943 yilda О‘zbekiston Fanlar akademiyasi ochildi. Keyingi yili esa Qoraqalpog‘istonda Til va adabiyot instituti faoliyatini boshladi. Institut direktori lavozimiga Najim Davqarayev tayinlandi.
Urushdan keyingi yillarda respublikada ilmiy ishlarni Fanlar akademiyasi tizimiga kiritish masalasi kо‘tarildi. Qoraqalpog‘istonning moddiy va nomoddiy madaniyati, tabiiy resurslarini о‘rganish bо‘yicha maxsus sayyor sessiya uyushtirildi. Sessiyada taniqli olimlar va О‘zbekiston Fanlar akademiyasi rahbariyatining ma’ruzalari yakuniga kо‘ra, Til va adabiyot institutini О‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimiga kiritish hamda uni qayta tashkil etish tо‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Shu tariqa, 1947 yilda Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va madaniyat institutini tashkil etish haqidagi qaror tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston IIMi doimo О‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining e’tibor markazida bо‘lib kelgan. Kadrlar tayyorlashga alohida ahamiyat berildi. Xususan, 1950 yillarning boshlarida S.Kamalov va R.Kosbergenov nomzodlik, N.Davqarayev esa doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. 1956 yilda Y.M.Dо‘sumovning О‘zbekiston FA muxbir a’zosi etib saylanishi respublika ilmiy hayotidagi muhim voqea bо‘ldi.
Qishloq xо‘jaligi sohasida yuqori malakali kadrlarga bо‘lgan ehtiyojni inobatga olib, О‘zbekiston Ministrlar Sovetining qarori bilan 1957 yilda Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va madaniyat instituti О‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston kompleks ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi. Institutning asosiy vazifalari Qoraqalpog‘iston xalqlarining tili, adabiyoti, folklori va tarixini о‘rganish, о‘lka iqtisodiyoti va qishloq xо‘jaligini tadqiq etish, geobotanik izlanishlar olib borish, qishloq xо‘jaligi unumdorligini oshirish yо‘llarini ishlab chiqish kabi masalalardan iborat edi.
Shunday qilib, 1950 yillarning oxiriga kelib respublikaning ilmiy-tadqiqot sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Qoraqalpog‘iston kompleks ilmiy-tadqiqot instituti yuqori malakali xodimlarga ega bо‘lib, ularning aksariyatini mahalliy kadrlar tashkil etardi.
1958 yil noyabr oyida О‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi majlisida Qoraqalpog‘iston kompleks ilmiy-tadqiqot institutidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari muhokama qilindi. 1959 yil 25 iyulda О‘zbekiston Ministrlar Kengashining qarori bilan Kompleks institut negizida О‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston filiali tashkil etildi. Filial oldiga mintaqadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi qо‘yildi.
Filial ochilgan paytda u Tarix, til va adabiyot instituti, parazitologiya va kimyo laboratoriyalari, botanika va iqtisodiy tadqiqotlar bо‘limlari hamda botanika bog‘idan tashkil topgan edi. Filial rahbari etib о‘sha vaqtda filologiya fanlari nomzodi, keyinchalik О‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi qoraqalpoq akademigi bо‘lgan M.K.Nurmuhamedov tayinlangan.
Nukusda О‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston filiali ochilishi fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini yagona ilmiy markazda jamlash imkoniyatini yaratdi. Bu esa respublikadagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirishga va ilmiy tafakkurning meyoriy rivojlanishiga yо‘l ochdi. Ilmiy ishlanmalarning mavzulari xalq xо‘jaligini rivojlantirish, baliqchilik sohasi, gumanitar fanlar doirasida esa Qoraqalpog‘iston ASSR tarixi, qoraqalpoq adabiyoti va folklorini о‘rganishni qamrab olgan.
Filial olimlari respublikani iqtisodiy rivojlantirish bо‘yicha hukumatga о‘z vaqtida tavsiyalar berib turganlar. Xususan, respublikada qamishni qayta ishlash uchun sellyuloza-qog‘oz kombinati va tuzlarni qayta ishlash uchun elektroliz zavodi qurishning maqsadga muvofiqligi haqida.
Dastlabki yirik yutuqlardan biri “Qoraqalpog‘iston tarixining qadimgi davrlardan bugungi kungacha bо‘lgan ocherklari” nomli ikki jildlik asar, qoraqalpoq mumtoz shoirlari Ajiniyoz, Kunxо‘ja, Umarning asarlar tо‘plami, shuningdek, zamonaviy qoraqalpoq adabiyoti va tili bо‘yicha tadqiqotlar yaratilishi bо‘ldi.
1991 yilda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston filiali Qoraqalpog‘iston bо‘limi maqomini oldi va mustaqillik yillarida bо‘lim о‘z rivojlanishining yangi bosqichlariga erishdi. Bо‘lim tarkibida yangi institutlar va bо‘linmalar tashkil etildi: N.Davqarayev nomidagi Til va adabiyot instituti, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Orolbо‘yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolari instituti, Tabiiy fanlar majmuaviy instituti, Bioekologiya instituti, shuningdek Botanika bog‘i, Ustyurt chо‘l stansiyasi, Mо‘ynoq xalqaro biostansiyasi, asosiy kutubxona, О‘zR FA QQB “Vestnik” jurnali tahririyati.
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bо‘limi (О‘zR FA QQB) yarim asrlik faoliyati davomida ilmiy markaz sifatida kо‘plab yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar orasida о‘zining ilmiy faoliyati bilan keng e’tirof qozondi.
Bо‘limda fanning turli yо‘nalishlari bо‘yicha kо‘zga kо‘ringan olimlarning butun bir tо‘dasi yetishib chiqdi va shakllandi. Ular orasida marhumlar N.Davqarayev, K.Ayimbetov, O.Kojurov, K.Ubaydullayev va boshqalar bо‘lib, ular ilmiy muassasa ochilishidan oldinoq qoraqalpoq faniga poydevor yaratgan va uning keyingi rivojlanishiga yо‘l ochgan, о‘zlarining fidokorona mehnati bilan xalq e’tirofiga sazovor bо‘lganlar. M.Q.Nurmuhamedov (1974), S.Kamalov (1979), CH.Abdirov (1989), T.B.Yeshanov va A.Davletov (1995), J.Bazarbayev, A.Baxiyev va X.Hamidov (2000) О‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari etib saylanganlar. Hozirgi paytda О‘zR FA Qoraqalpog‘iston bо‘limida 2 nafar akademik, 17 nafar fan doktori, yuzdan oshiq fan nomzodi va (PhD) faoliyat yuritmoqda, 10 dan ortiq mutaxassislik bо‘yicha doktorantura va aspirantura mavjuddir.
1961-1996 yillarda akademik S.Kamalov, 1996-1997 yillarda akademik CH.Abdirov, 1997-2004 yillarda akademik T.B.Yeshanov, 2004-2022 yillarda akademik N.Q.Ayimbetov, 2024-yildan akademik A.Reymov raislik lavozimida ishlab kelmoqda. Mustaqillik yillarida kо‘plab olimlarimizning fidokorona mehnati hukumatimiz tomonidan yuksak baholanib, davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bо‘ldilar. Jumladan, arxeolog olim G‘.Xojaniyazov “О‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni, akademiklar S.Kamalov, A.Baxiyev “El-yurt hurmati” ordeni, professorlar V.N.Yagodin va P.Tajimuratov “Mehnat shuhrati” ordeni, B.Narimbetov “Dо‘stlik” ordeni, SH.Toremuratov, B.Tleumuratova “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.
Mustaqillik sharofati bilan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni izchil, bosqichma-bosqich takomillashtirish orqali mamlakatning ilmiy-texnik salohiyatini yanada rivojlantirishni ta’minlash etib belgilandi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 fevraldagi “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish tо‘g‘risida”gi Farmoni bu borada muhim bosqich bо‘lib, unda istiqbolga mо‘ljallangan ilmiy-texnikaviy rivojlanishning ustuvor yо‘nalishlari va davlat dasturlari nomlarining rо‘yxati belgilandi va tasdiqlandi. Ushbu hujjatlar ustuvor yо‘nalishlarni ishlab chiqish jahon tendensiyalari, О‘zbekistonning tarixiy-madaniy an’analarini hisobga olgan holda davlatning zamonaviy umummilliy maqsadlari va ustuvor yо‘nalishlariga asoslanishi haqida aniq tasavvur berdi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 avgustdagi 233-sonli “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 2 noyabrdagi “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori, “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ilmiy xodimlarni ularning ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqishga va olingan natijalarni amaliyotga joriy etishga qо‘shgan ilmiy va mehnat hissasiga qarab moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limning yangi institutlari - stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini tashkil etish orqali ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rо‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishning navbatdagi bosqichlari bо‘ldi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari tuzilmasini yanada optimallashtirishva faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 33-sonli qarori ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatining samaradorligini zamonaviy talablarga muvofiq oshirish, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan. Qaror О‘zbekiston Fanlar akademiyasi tasarrufidagi muassasalarning tashkiliy va tuzilmaviy masalalarini hal etishni, respublikaning iqtidorli yosh olimlariga eng muhim fundamental va amaliy dasturlarni amalga oshirishda, mamlakat ravnaqi yо‘lida fanni rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlarini ishlab chiqishda ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratishni kо‘zda tutadi. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasini optimallashtirishda ilmiy-tadqiqot muassasalarini birlashtirish yoki qisman tugatish orqali qayta tashkil etish tо‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bо‘limining ilmiy bо‘linmalarini qayta tashkil etish taklif qilindi:
1) О‘zR FA Qoraqalpog‘iston bо‘limining Tabiiy fanlar kompleks instituti, Bioekologiya instituti va Orolbо‘yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolari instituti negizida О‘zR FA QQB Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish;
2) N.Davqarayev nomidagi Til va adabiyot instituti hamda О‘zR FA QQB Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti negizida О‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutini shakllantirish. Bunda mazkur qarorning 2-bandiga kо‘ra, qayta tashkil etish natijasida yangidan tuzilayotgan ilmiy muassasalar va markazlar barcha bank va boshqa rekvizitlari bilan yuridik shaxs maqomiga ega bо‘lishi lozim.
|
|
|
|
|
|